Turar joy dahalarida harakatlanish
Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yoʻl belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega boʻladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.
Turar joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi: mexanik transport vositalarini boshqarishni oʻrgatish; dvigateli ishlab turgan holda toʻxtab turish; ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yoʻl belgilari va (yoki) yoʻl chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida toʻxtab turishi.
Turar joy dahalarida haydovchilar piyodalar xavfsizligini, shuningdek, ushbu hududdagi inshoot, qurilma va oʻsimliklarning shikastlanmasligini taʼminlashi zarur.
Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga yoʻl berishlari kerak.
O‘zgartirishlar tarixi (1)
126-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/806/1002-son
Ushbu bob talablari dahalar va hovli hududlariga (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasiga) ham tegishlidir.