Avtomagistrallarda harakatlanish
Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, kichik hajmdagi mototransport vositalari, traktorlar va oʻziyurar uskunalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi; yuk avtomobillariga yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi; 5.15 yoki 6.11 yoʻl belgilari bilan belgilangan maxsus toʻxtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda toʻxtash; ajratuvchi boʻlakning texnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish; orqaga harakatlanish; transport vositasini oʻrganish uchun boshqarish.
O‘zgartirishlar tarixi (1)
121-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son
Haydovchi qatnov qismida majburiy toʻxtaganda, transport vositasini ushbu Qoidalarning 8-bobi talablariga muvofiq belgilashi va bunday holatlar uchun moʻljallangan tasmaga (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan oʻngroqda) olib chiqishning barcha choralarini koʻrishi kerak.