Xavfli yuk belgilari
Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasidagi romb shaklidagi belgi yuk qanday xavf tug‘dirishini ko‘rsatadi; kod esa favqulodda holatda nima qilishni aytadi.
Xavflilik klasslari
18 ta- 1-belgi · 1-klassPortlovchi moddalar va 1.1, 1.2 va 1.3 kichik klasslar buyumlari
- 2-belgi · 1.4-klassPortlovchi moddalar va 1.4 kichik klass buyumlari
- 3-belgi · 1.5-klassPortlovchi moddalar va 1.5 kichik klass buyumlari
- 4-belgi · 1.6-klassPortlovchi moddalar va 1.6 kichik klass buyumlari
- 5-belgi · 2-klassAlangalanmaydigan, notoksik gazlar
- 6-belgi · 3-klassTez alangalanadigan gazlar va suyuqliklar
- 7-belgi · 4.1-klassTez alangalanadigan qattiq moddalar, oʻzi reaktiv moddalar va desensibilashgan portlovchi moddalar
- 8-belgi · 4.2-klassOʻz-oʻzidan yonuvchi moddalar
- 9-belgi · 4.3-klassSuv tekkanda tez alangalanadigan gaz ajratuvchi moddalar
- 10-belgi · 5.1-klassOksidlovchi moddalar
- 11-belgi · 5.2-klassOrganik peroksidlar
- 12-belgi · 6.1-klassToksik moddalar
- 13-belgi · 6.2-klassInfeksiyali moddalar
- 14-belgi · 7-klass, I toifaI toifali radioaktiv materiallar
- 15-belgi · 7-klass, II toifaII toifali radioaktiv materiallar
- 16-belgi · 7-klass, III toifaIII toifali radioaktiv materiallar
- 17-belgi · 8-klassKorroziyalanuvchi moddalar
- 18-belgi · 9-klassBoshqa xavfli moddalar va buyumlar
Favqulodda choralar kodlari
9 taKod yong‘in yoki to‘kilish paytida qutqaruvchilarga birinchi navbatda nima qilish kerakligini bildiradi.
Quruq moddalar qo‘llansin, suv qo‘llanmasin!
Kichik suv oqimlari qo‘llansin!
Sochma suv yoki ingichka oqim qo‘llansin!
Ko‘pik qo‘llansin!
Oqova suvga moddalar tushishining oldi olinsin!
Nafas olish apparati va himoyalovchi qo‘lqoplar qo‘llansin!
Faqat yong‘in chiqqanda nafas olish apparati va himoyalovchi qo‘lqoplar qo‘llansin!
Himoyalovchi kiyim-boshlarning to‘liq to‘plami va nafas olish apparati qo‘llansin!
Odamlar evakuatsiya qilinishi zarur!
Manba: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori, 4-ilova (lex.uz), so‘nggi o‘zgartirishlar bilan.