Yo‘l chiziqlari
Qatnov qismidagi chiziqlar, yo‘naltirgichlar va yozuvlar harakat tartibini belgilaydi. Har bir chiziq rasmi bilan.
Qaysi chiziqni bosib o‘tish mumkin
- 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.
- 1.2, 1.5 — 1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.
- Reversiv svetoforlar boʻlmaganda yoki ular oʻchirib qoʻyilganda, 1.9 chizigʻini faqat u haydovchining oʻng tomonida boʻlsa, bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
- Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yoʻnalishli tasmalarni ajratayotgan 1.9 chizigʻini istalgan tomondan bosib oʻtishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor oʻchirilganda, haydovchilar darhol 1.9 chizigʻidan oʻngga qayta tizilishlari kerak.
- Reversiv svetofor oʻchirilgan boʻlsa, qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chizigʻini bosib oʻtish taqiqlanadi.
- 1.11 chizigʻini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirgʻa chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
- Yoʻl belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yoʻl belgilarining va yotiq yoʻl chiziqlarining maʼnolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yoʻl chiziqlarini yetarlicha farqlab boʻlmasa, haydovchilar yoʻl belgilariga amal qilishlari kerak.
- Vaqtincha yoʻl chiziqlarining va doimiy yoʻl chiziqlarining maʼnolari bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha yoʻl chiziqlariga amal qilishlari kerak.
Yotiq chiziqlar
35 taYoʻlning qatnov qismi yuzasidagi chiziqlar, yoʻnaltirgichlar, yozuvlar va boshqa belgilar harakatlanish tartibi va aniq rejimini belgilaydi.
Yoʻl chiziqlari doimiy yoki vaqtincha boʻlishi mumkin.
Yoʻl chiziqlarini koʻrish imkoniyati boʻlmasa (qor, loy va boshqalar) ushbu yoʻl qismida mazkur chiziqlar maʼnosiga mos keladigan yoʻl belgilari oʻrnatilishi kerak.
Yotiq chiziqlar oq rangda boʻladi (1.4, 1.10 va 1.17 chiziqlar sariq rangda boʻladi), shuningdek, 1.24 chizigʻi (2x2 metr oʻlchamdagi koʻk asosda sariq rangda nogironligi boʻlgan shaxsning tasviri tushirilgan boʻladi).
Piyodalar oʻtish joyidagi chiziqlar oq va oq bilan birgalikda boshqa ranglar koʻrinishida qoʻllanilishi mumkin.
1.29.1-sunʼiy notekislik (baland piyodalar oʻtish joyini bildiradi);
1.29.2-sunʼiy notekislik (avtomobil yoʻllarida “3D” koʻrinishdagi baland piyodalar oʻtish joyini bildiradi);
1.29.3-avtomobil yoʻllarida “3D” koʻrinishdagi piyodalar oʻtish joyi
(yotiq chiziqlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 805-sonli qaroriga asosan 1.29.1, 1.29.2 va 1.29.3-bandlar toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/805/1001-son)
Qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini va velosipedchilar uchun boʻlagining chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi;
(enli sidirgʻa chiziq) — avtomagistrallarda qatnov qismi chetini bildiradi.
Toʻrt va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi;
Toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
Ikki yoki uch tasmali yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan ikki yoki undan koʻproq tasmali yoʻllarda tasmalarning chegaralarini va bir yoʻnalishdagi harakatlanish boʻlagi bilan velosiped boʻlagi chegarasini bildiradi;
(yaqinlashish chizigʻi — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi;
(har bir chizigʻi qisqa va oralari shu chiziqlar boʻyiga teng boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) — chorrahadagi harakatlanish tasmalarini bildiradi;
(enli uzuq-uzuq chiziq) — tezlashish yoki sekinlashish boʻlagi bilan yoʻlning qatnov qismidagi asosiy boʻlagi oʻrtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yoʻlning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar toʻxtaydigan joylarda va boshqalar);
Reversiv harakat tashkil etilgan boʻlaklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yoʻllarda (reversiv svetofori oʻchirilgan holatda) qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratadi;
Toʻxtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi va yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
Faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yoʻnalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻxtash maydonchalari va shunga oʻxshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yoʻnalishda ruxsat etilganligini koʻrsatadi;
(toʻxtash chizigʻi) — 2.5 belgisi yoki svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi toʻxtash kerak boʻlgan joyni koʻrsatadi;
Kesishayotgan yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berish uchun toʻxtash zarur boʻlganda, haydovchiga transport vositasini toʻxtatish joyini koʻrsatadi;
(oq rangli “zebra”) — piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi.
(oq-sariq rangli “zebra”) — piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi;
Yotiq chiziqning yoʻnaltirgichlari piyodalarning harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi;
Oq-qizil rangli yoʻl chizigʻi maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari oldida piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi;
Yoʻlning velosiped yoʻlkasi kesib oʻtgan joyini bildiradi;
Transport vositalari oqimi ajraladigan yoki qoʻshiladigan joylardagi yoʻnaltiruvchi orolchalarni bildiradi;
Yoʻnalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning toʻxtab turish joylarini bildiradi;
Chorrahada tasmalar boʻlaklar boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlarini koʻrsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan birgalikda qoʻllanilishi mumkin; oxiri berk yoʻl tasvirlangan chiziq shu yoʻnalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini koʻrsatish uchun chiziladi; chetki chap tasmadan chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi;
Qatnov qismining toraygan (shu yoʻnalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 — 1.18.3 belgilari bilan qoʻllanilishi mumkin;
Haydovchini 1.13 chizigʻiga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi;
(“STOP” — Toʻxtang! yozuvi) — 2.5 belgisi bilan birga qoʻllanilganda haydovchini 1.12 chizigʻiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi;
Yoʻl (harakatlanish yoʻnalishi) raqamini koʻrsatadi;
Yoʻlning faqat yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlagini bildiradi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun toʻxtab turish joyi;
Piyodalar yoʻlkasini yoki piyodalar va velosipedchilar birgalikda harakatlanishi moʻljallangan yoʻlkaning piyodalar uchun moʻljallangan qismini bildiradi;
Velosiped yoʻlkasini yoki velosiped harakatlanishi uchun moʻljallangan tasmani bildiradi;
Ogohlantiruvchi yoʻl belgilarini takrorlovchi yoʻl chizigʻi;
Taqiqlovchi yoʻl belgilarini takrorlovchi yoʻl chizigʻi;
Sunʼiy yoʻl notekisligini bildiradi;
Maktablarga yaqin yoʻlning qatnov qismidan maktab oʻquvchilarning chiqib qolish ehtimolini inobatga olgan holda maktablar joylashgan hududlar oldida chiziladi;
Aholi punktlaridan tashqarida yoʻllarning transport vositalari tez harakatlanadigan xavfli burilishlarida hamda aholi punktlarining piyodalar oʻtish joylariga yaqinlashuvda haydovchilar hushyorligini oshirish maqsadida termoplast yordamida chiziladigan “Shovqin chiziqlari”dan foydalanilishi mumkin;
Qatnov qismi kesishmasi hududiga yaqinlashayotganligini anglatib, oldinda tirbandlik yuzaga kelganligi tufayli majburiy toʻxtab, koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tugʻdiradigan boʻlsa, chorrahaga kirish, agar toʻxtash chizigʻi yoki 5.33 yoʻl belgisidan oʻtib boʻlgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishni taqiqlanishini bildiradi;
Tik chiziqlar
7 taTik chiziqlar — yoʻl inshootlari va jihozlari yuzalariga ketma-ket chizilgan yoʻl-yoʻl, oq-qora (sariq-qora, qizil-oq) chiziqlar majmuasidan iborat boʻlib, ularning oʻlchamlarini koʻrsatishda, koʻz bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi.
Harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tugʻdiradigan yoʻl inshootlarining tik elementlari (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgich va estakadalar, ustunlar va boshqalar)ni bildiradi;
Tunnellar, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgich va estakadalarning pastki peshtoqini bildiradi;
Ajratish mintaqalaridagi yoki xavfsizlik orolchalaridagi dumaloq ustunlarni bildiradi;
Yoʻnaltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, toʻsiq tirgaklar va hokazolarni bildiradi;
Yoʻlning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yoʻl toʻsiqlarining yon yuzalarini bildiradi;
Boshqa joylardagi toʻsiqlarning yon yuzalarini bildiradi;
Xavfli joylardagi toʻsiqni (bordyurni) va yoʻl sathidan baland boʻlgan xavfsizlik orolchalarini bildiradi.
Manba: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori, 2-ilova (lex.uz), so‘nggi o‘zgartirishlar bilan.